Tezislarni rasmiylashtirish talablari
Tezislar Microsoft Word (doc, docx) da Times New Roman shriftda, 14 o‘lchamda, matn hajmi
2 betgacha (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) tayyorlanishi zarur. Satrlararo masofa - 1, chap hoshiya
- 3 sm, o‘ng hoshiya - 1,5 sm, yuqori va quyi hoshiyalar - 2 sm. Xatboshining birinchi qatori – 1 sm,
xatboshidan oldin va keyin intervallarsiz. Matn ma’ruza nomi bilan boshlanadi (Bosh harflarda,
o’rtacha qalinlikdagi shriftda, markazda joylashtirilgan holda); keyingi qatorda simmetrik markazda
muallif(lar)ning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy daraja, lavozim, tashkilot nomi, shahar, mamlakat.
Uchinchi qatorda muloqot uchun mas’ul muallifning elektron pochta manzili. To‘rtinchi qatordan
boshlab tezislarning asosiy matni.
Adabiyotlar ro‘yxatiga bo‘lgan talablar: adabiyotlar ro‘yxati mavjud bo‘lgan holatda havolalar
(shu jumladan elektron resurslarga) to‘tburchak qavslarda ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro‘yxati
tezisning asosiy matnidan keyin joylashtiriladi. Tezislarning matnlari tahrirlanmaydi,
ma’ruzalarning ilmiy mazmuni, ta’rif uslubi, originallik va grammatikasi uchun mas’uliyat
mualliflarning zimmasida.
Yuborilayotgan tezislar chop etilishidan avval texnik muharrir va tahririy hay’at tomonidan
belgilangan rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi bo‘yicha majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Taqdim etilgan materiallarning o‘ziga xoslik darajasi kamida 70 % bo‘lishi lozim. Har bir ishga ilmiy
ahamiyati va tadqiqotning dolzarbligini tasdiqlovchi taqriz ilova qilinishi shart.
Bitta muallifdan muallif yoki hammuallif sifatida uchtadan ortiq tezis qabul qilinmaydi..






